Biz haqimizda

Toshkent tibbiyot akademiyasi mustaqil yurtimiz tibbiyotining darg‘a oliygohlaridan biri bo‘lib, aholisi 30 milliondan oshib ketgan muqaddas zaminimiz fuqarolarining salomatligini muhofaza qiluvchi, bilimlari sarhadi jahon andozalari darajasiga yetgan yuksak malakali shifokorlarni kamolotga yetkazish uchun xizmat qiladi. Mazkur ilm dargohi Tibbiyot Akademiyasi darajasiga yetguniga qadar bir qator tarixiy bosqich pillapoyalaridan ko‘tarildi, kengaydi, takomillashdi. Bu jarayon Akademiyaning eng nufuzli va katta fakultetlaridan biri davolash fakultetiga ham taalluqlidir.

Darhaqiqat, davolash fakultetining bugungi kuni va istiqbollari xususida so‘z yuritishdan avval uning o‘tmishi, tashkil bo‘lishi va takomilga yetishida xolis hissa qo‘shgan ulug‘ insonlarning zahmatli mehnatlarini ta’kidlab o‘tishimiz joizdir.1919yilning 13sentyabrida Turkiston Davlat universiteti Ilmiy kengashining yig‘ilishida tibbiyot fakulteti tashkil etildi va uning birinchi dekani etib tibbiyot fanlari doktori professor P.P Sitkovskiy tayinlandi. 1920 yilning 5 may kuni tibbiyot fakultetiga 500 o‘rinli shifoxonaga ega bo‘lgan sobiq kadetlar korpusining binosi topshirildi. Dastavval fakultetda 205 ta talaba 5 ta kursda tahsil oldi. 1931yilga kelib O‘rta Osiyo Davlat universitetining tibbiyot fakulteti yiriklashib, alohida o‘quv va ilmiy tadqiqot muassasiga aylandi va shu yili tibbiyot fakulteti alohida institutga aylantirildi. Bu davrga kelib institutda 177 ta o‘qituvchi faoliyat yuritib, 1049 ta talaba tahsil olgan. 1935yilda O‘rta Osiyo tibbiyot institutining nomi Toshkent tibbiyot istitutiga o‘zgartirildi. Uning tarkibida 4 ta fakultet tashkil etilib, shulardan biri davolash-profilaktika fakulteti keyinchalik davolash fakulteti nomi bilan atala boshlandi.

Fakultet dekani bo‘lib quyidagi hodimlar faoliyat olib borishgan: N.I.Ragoza (1931-1936 yy), S.G.Xaskin (1937-1939 yy), P.A.Nedrit (1939-1940 yy), A.S.Volûnskiy (1940-1952 yy), A.M.Geller (1952-1954 yy), A.X.Xodjaev (1954-1955 yy), I.Yu.Laskov (1956-1959 yy), S.A.Dolimov (1959-1962 yy), A.I.Magrupov (1962-1964 yy), M.I.Gasparyan (1964-1965 yy), N.M.Majidov (1966-1967 yy), M.A.Ashrapova (1967-1968 yy), R.M.Nurmuhamedov (1969-1971 yy), A.I.Mo‘minov (1972-1980 yy), N.X.Shomirzaev (1980-1982 yy), K.N.Najmutdinov (1982-1987 yy), M.X.Qoriev (1987-1990 yy).

Turli yillarda fakultet dekani muovini etib quyidagilar: T.G.Sultonov,K.N. Najmiddinov, X.Yo. Karimov, A.N. Daniyarov, B.K.Saidqoriev, Karabaeva, A.A. Yo‘ldoshev, I.Sh. Shukurov, M.K. Maqsudov, A. Sharafiddinov, I.M. Mullajonov, Sh.A. Abdurahmonov, R.M. Muzaffarov, A.M. Hakimov, S.N.Nuritdinov, I.K.Hoshimov, B.Sh.Shoislomov, X.S. Xodiev, B.B.Svetkov, Ya.Yu.Muhamedov I.G.Azimov, F.N.Abdullaev, E.E.Nazarov, A.E.Ashirmatov, T. A.Yanbaeva, K.D. Jabborov, V.A.Suyumov, U.A.Boltaboev, Sh.M.Murzabekov,M.A.Ahmedov, O.M.Sadirxonov, Z.S.Shahabutdinov, A.E.Ashirmatov, A.Yo‘ldoshev, I.Ya.Toshxo‘jaev, P.S.Zufarov,A.A.Abrarov, M.M.Asadullaev, N.X. Sharafitdinxodjaev, X.B Magzumov, Sh.R Aliev,X.M. Marufxanov, S.T.Tursunovlar tayinlandilar.

1990 yil 23 mayida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar kengashining qaroriga muvofiq Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti negizida ikkita tibbiyot oliy o‘quv yurti – birinchi va ikkinchi Toshkent Davlat Tibbiyot Institutlari tashkil etildi. Birinchi ToshDavTI davolash fakultetida M.M.Mirsamatov (1990-1998 yy), T.X.Qayumov (1998-2005 yy), R.J.Usmonovlar (2005) dekan lavozimida ish olib borishdi.

Xuddi shu davrda Ikkinchi ToshDavTI davolash fakultetini quyidagi professorlar boshqardilar: P.I.Toshxodjaev (1990-1992 yy), A.M.Hakimov (1992-1998 yy), Sh.Ya.Zokirxodjaev (1999-2004 yy), O.R.Teshaevlar (2004-2005yy) fakultetni boshqardilar.

2005 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov farmoniga asosan tashkil etilgan Toshkent Tibbiyot Akademiyasining davolash fakultetida professorlar O.R.Teshaev (2005-2006 yy), Q.I.Rasulev (2006-2008 yy), S.P.Abdullaev (2008-2011 yy), B.T.Xalmatovalar (2011-2014 yy) dekan vazifasini bajarishdi. 2014 yil sentyabr oyidan boshlab fakultetni professor P.S.Zufarov boshqarib kelmoqda.

Turli yillar mobaynida Toshkent Tibbiyot Akademiyasi davolash fakultetida S.X.Matchanov, G.ye.Tastanova, U.K.Kasimov, A.R.Shermurodov, X.X.Pulatov, X.B.Ibodov, B.ye.Xudoyberganov,A.K.Tursunboev, R.X.Umarov, Z.N.Boboeva, M.I.Shamsutdinova, I.I.Bahriev, Sh.A.Boymurodov, J.M.Ahmedov, Sh.Sh. Massavirov, U.A. Jo‘raev, U.R.Fayzieva, K.Z.Yahyaeva, B.Q.Normurodov, I.M.Allanazarovlar dekan muovini lavozimida faoliyat yuritdilar.

Davolash fakulteti umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlaydi. Unda respublikamizning turli hududlaridan kelgan yuzlab talabalar taxsil oladilar. Talabalar uchun fakultetda barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, talabalar turar joylari o‘zining namunaviyligi bo‘yicha respublikamizning yetakchi ilm dargohlari qatorida turadi. Toshkent tibbiyot akademiyasi tashkil topgandan buyon davolash fakultetini 3500 ga yaqin talaba bitirib, tibbiyotning turli soxalarida o‘z faoliyatlarini davom ettirmoqdalar.

Davolash fakultetining 14 kafedrasida 300 dan ortiq oliy malakali mutahassislar – professorlar, dotsentlar, assistentlar mehnat qilib kelmoqdalar. Ular orasida o‘zining to‘plagan bilim va tajribalarini yosh pedagoglar va talabalarga bera oluvchi, dunyoga mashhur ilmiy maktab va yo‘nalishlarning vakillari bor. Ularningilmiy salohiyati ham salmoqlidir. Jumladan, o‘tgan 10 yil mobaynida fakultet kafedralarida 38 nafar xodim fan doktorligi, 121 nafar xodim esa fan nomzodligidissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.18ta ixtiroga mualliflik guvohnomasi olingan, tibbiyotning turli mavzulari bo‘yicha 65 ta darslik va monografiyalar chop etilgan, uslubiy tavsiyalar va qo‘llanmalarning soni esa 500 dan ortiq. Joriy yilllar mobaynida 70 ta ratsionalizatorlik taklifi kiritilgan bo‘lib, ularning barchasi tibbiyotning turli jabhalaridagi davolash va diagnostika muammolari yechimiga qaratilgan.60 dan ortiq patentga mualliflik guvohnomalari olingan, tibbiyotning turli muammolari yechimiga qaratilgan 5 ta informatsion xat tayyorlangan.Olis va yaqin xorij mamlakatlari ilmiy jurnallarida va to‘plamlarida 1000 ga yaqin ilmiy maqola chop etilgan, respublika miqyosida chop etilgan maqolalar soni esa 2000dan ortiq.Xorijda va respublika miqyosida 3000dan ortiq tezislar chop etilgan. Professor –o‘qituvchilar tomonidan davlat grantlari asosida 18 ta loyiha bo‘yicha ish olib borilgan.