Otajonov-Ilxom-Otaboyevich


Hurmatli sayt mehmonlari!

Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-son Davolash fakulteti saytiga xush kelibsiz! Davolash fakulteti akademiyadagi yetakchi yo‘nalishlardan biridir. Fakultet tashkil etilgan kundan buyon 100 mingdan ortiq shifokorlar tayyorlandi. Bugungi kunda fakultet oilaviy shifokorlarni tayyorlaydi. Ayni paytda fakultetda 3000 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. O’qish muddati – 6 yil. O’qishni tugatgandan so’ng talabalar magistratura yoki klinik ordinaturada o’qishni davom ettirish huquqiga ega.

Fakultet tarkibiga 11 ta kafedra kiradi, ularda 200 nafar xodim ishlaydi. Ulardan 50 nafari tibbiyot fanlari doktori, 70 nafari tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega.