1919 yilning 14 sentabrida Turkiston davlat universiteti Ilmiy kengashining yig‘ilishida tibbiyot fakulteti tashkil etildi. 1920 yilning 5 may kuni tibbiyot fakultetiga 500 o‘rinli shifoxonaga ega bo‘lgan sobiq kadetlar korpusining binosi topshirildi. Dastavval fakultetda 205 ta talaba 5 ta kursda tahsil olishdi. 1931-yilga kelib O‘rta Osiyo davlat universitetining tibbiyot fakulteti yiriklashib, alohida o‘quv va ilmiy tadqiqot muassasiga aylandi va shu yili tibbiyot fakulteti alohida institutga aylantirildi. Bu davrga kelib institutda 177 ta o‘qituvchi faoliyat yuritib, 1049 ta talaba tahsil olar edi. 1935-yilda O‘rta Osiyo tibbiyot institutining nomi Toshkent tibbiyot istitutiga o‘zgartirildi. Uning tarkibida 4 ta fakultet tashkil etilib, shulardan biri davolash-profilaktika fakulteti keyinchalik davolash fakulteti nomi bilan atala boshlandi. 2021 yilda talabalar soni keskin oshganligi munosabati bilan davolash fakulteti 2 ga ajratildi.
Fakultetga asos solingan vaqtdan boshlab fakultet dekani bo‘lib quyidagi xodimlar faoliyat olib borishgan: N.I.Ragoza, S.G.Xaskin, P.A.Nerdit, A.S.Volinskiy, A.M.Geller, A.X.Xodjayev, I.Y.Laskov, S.A.Dolimov, A.I.Magrupov, M.I.Gasparyan, N.M.Majidov, M.A.Ashrapova, R.M.Nurmuhamedov, A.I.Mo‘minov, N.X.Shomirzayev, K.N.Najmutdinov, M.X.Qoriyev, P.I.Toshxodjayev, A.M.Hakimov, Sh.Y.Zokirxodjayev, O.R.Teshayev, Q.I.Rasulev, S.P.Abdullayev, P.S.Zufarov. Hozirgi kunda fakultetni t.f.d. I. O. Otajonov boshqarib kelmoqda.
Davolash fakulteti tarbiyalanuvchilari orasida akademiklar Zufarov K.I., Aripov U.A., Zakirov I.Z., Katsenovich R.A., Madjidov N.M., Musabayev I.K., Yuldashev K.Yu., Ataxanov I.I., Abdullaxodjayeva M.S., Shamirzayev N.X., Karimov Sh.I., Kurbanov R.D., Nazirov F.G, Alyavi A.L., Aripova T.U. tibbiyotning turli sohalarida faoliyat ko‘rsatib respublikamiz ilm-fanini yuksak cho‘qqilarga olib chiqishgan va dunyoga tanitishgan.
1-son Davolash fakulteti akademiyada yetakchi fakultetlardan biri hisoblanadi. Fakultet tashkil etilganidan buyon 100 mingdan ortiq shifokor tayyorlandi. Bugungi kunda fakultet respublikamiz uchun oila shifokorlarini tayyorlab beradi. Hozirda fakultetda 3000 dan ziyod talaba tahsil olmoqda.