
Toshkent tibbiyot akademiyasi Davolash ishi ta’lim yo‘nalishi
Davolash fakulteti 1931 yilda tashkil etilgan. Fakultetning 15 ta klinik kafedralarda 1 ta akademik, 32 ta professor, 56 ta dotsent va 149 ta assistent faoliyat olib borishadi. Hozirgi kunda fakultetda 2200 dan ziyod talabalar tahsil olmoqdalar. Mazkur fakultetda umumiy amaliyot shifokorlari tayyorlanadi.
Ta’lim yo‘nalishi: 5510100 – davolash ishi
O‘qish shakli – kunduzgi
O‘qish muddati – 6 yil
Mutaxassisligi – Umumiy amaliyot shifokori
Ushbu ta’lim yo‘nalishini bitirgan talabalar:
- qishloq vrachlik punktlarida,
- oilaviy poliklinikalarida,
- tez tibbiy yordam tizimlarida faoliyat yuritishlari mumkin.
Davolash ishi ta’lim yo‘nalishini bitiruvchilari kelajakda o‘zlari qiziqqan va tanlagan tor mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura hamda klinik ordinaturaga hujjat topshirib o‘qishni davom ettirishlari mumkin.