FAKULTET TUZILMASI

XOLMATOVA BARNO TURDIXODJAEVNA

1989 yilda ToshPTIni tamomlagan. U pediatriya tomonidan klinik ordinaturadan o’tdi. 1998 yilda “Bolalarda to‘satdan o‘lim sindromining klinik-morfologik xususiyatlari, xavf omillari va oldini olish” mavzusida tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini himoya qilgan. 2006 yilda “Nafas olish organlari kasalliklarida timomegaliya bilan og’rigan bolalarda moslashish jarayonlari va davolash usullari” mavzusi bo’yicha fan doktori ilmiy darajasini himoya qilgan. 2 ta darslik, 2 ta monografiya, 3 ta oʻquv qoʻllanma, 150 dan ortiq nashrlar, 50 ta metodik ishlanmalar muallifi. U bolalarda bronxopulmaner, allergik kasalliklarni tashxislash, davolash va oldini olish muammolari bilan shug’ullanadi. 2013 yildan “Bolalar kasalliklari” kafedrasi mudiri. 2017 yildan davolash fakulteti dekani. Murojaat uchun telefon: 214-84-12

E.mail: barno.xalmatova@tma.uz


Kafedra katta o‘qituvchisi Normurodov Baxtiyor Qarshiyevich

1990-1996 y. 1-Toshkent tibbiyot muassasasi stomatologiya fakulteti talabasi

1996-1997 yillar Toshkent vrachlar malakasini oshirish jarrohlik stomatologiya fakulteti stajirovkasi.

1997-1998 yillar Qibray tuman markaziy shifoxonasi qabul mudiri

1998-1999 yillar 2-Toshkent tibbiyot muassasasi 2-kasalxonada yuz-jag‘ kasalliklari bo‘limi shifokori.

2000-2013 yil 2-Toshkent tibbiyot muassasasi davolash fakulteti stomatologiya kafedrasi assistenti.

2013-2016 yillar Toshkent tibbiyot akademiyasi LOR kasalliklari kafedrasi yuz-jag‘ jarrohligi kursi katta o‘qituvchisi va davolash fakulteti o‘rinbosari

2017 yil Toshkent tibbiyot akademiyasi LOR kasalliklari kafedrasi yuz-jagʻ jarrohligi kursi katta oʻqituvchisi va hozirgi kunda davolash fakulteti dekan muovini.