“NAVRO‘Z” umumxalq bayrami!!!

Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-son davolash fakulteti

Toshkent Tibbiyot Akademiyasida tahsil olayotgan 2-davolash 3-kurs 306-guruh talabalari bilan 21-mart “NAVRO‘Z” umumxalq bayramimunosabati bilan 2022 yil 18 mart kuni soat 14-00da Respublika Ankologiya Markazi, Bolalar ankologiyasi kimyoterapiya bo‘limiga tashrif uyushtirildi. Bolalar ankologiya kimyoterapiya bo‘limida davolanayotgan bemor bolalarni xolidan xabar olindi. Davolanayotgan bemor bolalarni va ularni yonida bo‘lagn ota-onalarini yurtimizda keng nishonlanadigan  “NAVRO‘Z” umumxalq bayrami munosabati bilan Toshkent Tibbiyot akademiyasi nomidan talabalar tamonidan tabriklar yo‘llandi. Guruh sardorlari va guruh talabalari tamonidan tashkillashtirilgan bayram sovg‘alari markazda davolanayotgan bemor bolalarni ruxiyatini ko‘tarish maqsadida xar-bir bemor bolalarga sovg‘a – salomlar ulashildi. Respublika Ankologiya Markazi, Bolalar ankologiyasi kimyoterapiya bo‘limida davolanayotgan bemor bolalarni ruxiyati ko‘tarilib, ularni ota-onalari tamonidan minnatdorchiliklar bildirildi.

2-son davolash fakulteti yoshlar bilan

ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari:                                              Axmedov U.R.

 

2-davolash 3-kurs tyutor rahbari:                                                 X.M.Qo‘shoqov

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan