Toshkent Tibbiyot akademiyasi 2-son davolash fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o‘rinbosari, fakultet tyutorlari, TTJda yashovchi talabalar ishtirokida 8-mart “Xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan kecha o‘tkazildi.

6.03.2022                                                                          TTJ-7 faollar zali

O‘tkazilgan joy:    Toshkent  tibbiyot akademiyasi talabalar turar joyida

QATNASHDILAR:

Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-son davolash fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini  U.R.Ahmedov , 7-TTJ dagi kutubxonachi Abdukarimova G. , fakultet   tyutorlari va 7 va 9-TTJ talabalari ishtirok etishdi.

KUN TARTIBIDA:

“Aziz mukkaramsan-o’zbek ayoli” mavzusida tadbir o‘tkazish.

8-mart Xotin-qizlar bayrami go‘zal va betakror yurtimizga bahor nafasi bilan kirib kelganidan darak beradi. Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo’lib kelgan. Ayol deganda ko’z o‘ngimizda avvalo, ulug’ va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot siru-asrorlari va saboqlarini onaning mehru-sahovati tufayli o’rganadi. Sharqda ayolga bo’lgan hurmat, ehtirom uni qadrlash, uni ko’klarga ko’tarish ota bobolarimizdan meros. Dunyoda «muqaddas» degan so`zga eng munosib zot ham – Onadir.

Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-son davolash fakulteti 7va 9- TTJ larda fakultet tyuterlari va TTJda yashovchi talabalar ishtirokida “Aziz mukkaramsan-o’zbek ayoli” deb nomlangan konsert tadbiri bo’lib o‘tdi.   Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bo‘lib o‘tgan konsert dasturida talabalar o‘zining she’rlari, sahna ko’rinishlari va ajoyib dil is’horlari bilan barchaga hursandchilik ulashdilar.

O‘tkazilgan tadbirda faol qatnashgan talabalarni ishtiroki uchun 2-son davolash fakulteti  dekanati tomonidan munosib taqdirlandi.

 

2-son davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini                                                              U.R.Ahmedov

 

 

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan