2-davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari,tyuterlar va kutubxona xodimlari, hamda Zulfiyaxonim stipendiyasi sovrindorlari bilan birgalikda 1-mart sevimli Oʻzbek shoirasi, taniqli jamoa arbobi Zulfiyaxonim tavallud topgan kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan tadbiri.

Toshkent tibbiyot akademiyasi raxbariyati, 2-davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari, tyuterlar va kutubxona xodimlari, hamda Zulfiyaxonim stipendiyasi sovrindorlari bilan birgalikda 1-mart sevimli Oʻzbek shoirasi, taniqli jamoa arbobi Zulfiyaxonim tavallud topgan kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan tadbiri

B A Yo N N O M A S I 

Oʻtkazilgan joy:   Adiblar xiyoboni

Oʻtkazilgan sana: 2022-yil 1-mart soat 11:00

QATNAShDILAR:

  1. Toshkent tibbiyot akademiyasi raxbariyati, 2-davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari, tyuterlar va kutubxona xodimlari hamda Zulfiyaxonim stipendiyasi sovrindorlari ishtirok etdilar.

KUN TARTIBI:

Zulfiyaxonim stipendiyasi sovrindorlari, Zulfiyaxonim onlayn tanlovlarida sovrinlarga ega talabalar sheʼr mutoʼala qilish va qoʻshiqlar aytish. 

SOʻZGA CHIQDI:

TTA rektori soʻzga chiqib, “Zulfiyaxonim sadoqat va vafo timsolidir. Zulfiya sheʻriyatiga bir nazar” oʻzbek xalqining sevimli shoirasi taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilova haqida oʻz fikr va mulohazalarini bayon etdilar. Soʻngra, stipendiyasi sovrindorlari Zulfiyaxonimning hayoti va ijodi hamda sheʻriyati haqida soʻz yuritdilar.

1-mart  — Atoqli shoira Zulfiya tavallud topgan kun

Zulfiyaxonim sadoqat va vafo timsolidir.

Bugun bahorning ilk kuni. Bu sana xalqimizning taniqli shoirasi Zulfiya Isroilova tavallud topgan kun ekanligi bilan yanada ahamiyatlidir. 

“Derazamning oldida bir tup Oʻrik oppoq boʻlib gulladi” Gulni koʻrib ishqparast qalbim, Ming aytilgan darddan kuyladi kabi tarzida davom ettirdilar.

Shu munosabat bilan  Adiblar xiyobonida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirni TTA rektori A.K. Shadmanov ochib berdi. Zulfiyaxonimning yuksak insoniy fazilatlari bugun ham yoshlar uchun ibrat boʻlib xizmat qilishi, uning sermahsul ijodi, goʻzal sheʻriyatini barcha adabiyot ixlosmandlari sevib oʻqishlari va shoiraning adabiy merosi nihoyatda boy ekanligi,oʻnlab kitoblari oʻzbek adabiyoti xazinasidan mustahkam oʻrin olganligi,shuningdek  koʻplab taniqli xorij ijodkorlari asarlarini oʻzbek tiliga mahorat bilan oʻgirganligi xususida soʻz yuritdi. Zulfiya nafaqat badiiy ijodi bilan, ayni paytda oʻzbek ayoliga xos vafo va sadoqat timsoli sifatida ham xalqimiz mehrini qozongan.

Tadbir doirasida Zulfiya hayoti haqidagi kompozitsiya, shoira sheʻrlariga bastalangan qoʻshiqlar ijro etildi. Talabalar tomonida Zulfiyaxonim suratlari chizildi.

 

2- davolash fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari:                       Axmedov U.R.

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan